Piyodalar yo‘lagidagi qurbon: poytaxtdagi ayanchli YTH tafsilotlari
16-iyun kuni Yashnobod tumani TXAY ko‘chasida 1984-yilda tug‘ilgan N.S. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan kesib o‘tayotgan 1995-yilda tug‘ilgan A.T.ni urib yuborgan.
Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lumot bermoqda.
Natijada piyoda A.T. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter