Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Piramidalarning 4000 yillik siri fosh bo‘ldi

Piramidalarning 4000 yillik siri fosh bo‘ldi

Olimlar Misrda 4000 yildan ko‘proq vaqt avval 31 ta piramida, jumladan, dunyoga mashhur Giza majmuasi qanday qurilgani sirini ochgan bo‘lishi mumkin.

Uilmingtondagi Shimoliy Karolina universitetining tadqiqot guruhi piramidalar Nil daryosining uzoq vaqtdan beri yo‘qolgan qadimiy tarmog‘i bo‘ylab qurilgan bo‘lib, hozir cho‘l va qishloq xo‘jaligi yerlari ostida yashiringanligini aniqladilar.

Ko‘p yillar davomida arxeologlar qadimgi misrliklar piramidalar qurish uchun zarur bo‘lgan tosh bloklar va boshqa materiallarni tashish uchun yaqin atrofdagi daryodan foydalangan bo‘lishi kerak, deb ishonishgan.

Tadqiqot mualliflaridan biri, professor Eman Goneymning so‘zlariga ko‘ra, shu paytgacha «hech kim ushbu suv yo‘lining joylashuvi, shakli, o‘lchami yoki piramidalarning haqiqiy joylashuviga yaqinligiga ishonch hosil qilmagan edi».

Qit’alararo sa’y-harakatlarda tadqiqotchilar guruhi katta qurg‘oqchilik va qum bo‘ronlari ko‘mib ketgan ko‘rfaz xaritasini tuzish uchun radiolokatsion sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, tarixiy xaritalar, geofizik tadqiqotlar va cho‘kindi kernalaridan (arxeologlar namunalardan dalillarni olishda qo‘llagan usul) foydalanganlar.

Nature jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, jamoa radiolokatsion texnologiyadan foydalangan holda «qum yuzasiga kirib, yashirin ob’yektlar tasvirini olishga» muvaffaq bo‘ldi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, qadimgi Misr piramidalarining katta qismi joylashgan tepaliklar etagida hozirda ko‘milgan daryo va qadimiy inshootlar bo‘lgan.

Tadqiqot hammualliflaridan biri, doktor Syuzann Onstayn shunday dedi: «Daryoning haqiqiy tarmog‘ini aniqlash va og‘irroq blok, jihoz va odamlarni tashish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan suv yo‘li borligini ko‘rsatadigan ma’lumotlarga ega bo‘lish, ko‘p narsani tushunishga yordam beradi».

Jamoa tadqiqotlariga ko‘ra, Ahramat (arabcha «ahramat» so‘zi piramidalar degan ma’noni anglatadi) deb nomlangan daryo tarmog‘ining uzunligi taxminan 64 km va kengligi 200 dan 700 m orasida ekanligini aniqladi. U 4700 - 3700 yil oldin qurilgan 31 ta piramida bilan chegaradosh edi.

Daryoning bu so‘nib ketgan tarmog‘ining topilishi Giza va Lisht (O‘rta qirollik qabristoni) o‘rtasidagi piramidalarning yuqori zichligini tushunishga yordam beradi.

Hujjatda aytilishicha, daryoning piramida majmualariga yaqinligi uning piramidalarni qurish bosqichida faol bo‘lganini ko‘rsatadi.

Doktor Onstaynning tushuntirishicha, qadimgi misrliklar daryo resursidan bloklarni ko‘tarish uchun foydalanishgan va bu inson mehnatidan ko‘ra ancha yengilroq yechim bo‘lgan.

Nil daryosi qadimgi Misrning qon tomiri bo‘lgan va hozirgi kungacha shundayligicha qolmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring