Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Pfizer» direktori koronavirusning yangi to‘lqini boshlanganini aytdi

«Pfizer» direktori koronavirusning yangi to‘lqini boshlanganini aytdi

Amerikaning «Pfizer» farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori Albert Burla dunyoda koronavirusning yangi to‘lqini allaqachon boshlanganini ma’lum qildi.

Biroq hozircha odamlar shifokorlar qo‘lidagi dori vositalari tufayli o‘zlarining odatiy turmush tarziga bexatar rioya qilishlari mumkin, deydi Burla.

Bu haqda u «The Jerusalim Post» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Burlaning ta’kidlashicha, har bir mamlakatda COVID-19ga qarshi emlash bo‘yicha o‘z tavsiyalari mavjud. 

«Pandemiyaning yangi to‘lqini allaqachon boshlandi. Hali hamma ham vaksinaning to‘rtinchi dozasini olmagan va bizda hozirda nazorat qilish ancha qiyin bo‘lgan «omikron» shtammi mavjud. Vaksina albatta, o‘lim va shifoxonadagi og‘ir ahvolga tushish ehtimolini kamaytiradi», deydi «Pfizer» direktori. 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalarda O‘zbekistonda ham koronavirus bilan kasallanganlar soni oshdi. Yurtimizda «omikron» shtammining mutatsiyaga uchragan yangi turi tarqalayotgani ma’lum bo‘ldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring