Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Petr Poroshenko ham ichadimi?

Petr Poroshenko ham ichadimi?

Foto: «Politikan»

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko oxirgi marta 35 yil muqaddam spirtli ichimliklar ta’sirida mast bo‘lib qolganini aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, o‘sha vaqtda u hatto uylanmagan bo‘lgan va rafiqasi to‘ydan so‘ng uni boshog‘riq holatda ko‘rmagan.

Poroshenko bu gaplarini prezidentlik saylovidagi raqibi Vladimir Zelenskiyga qarshi aytgan. Chunki Zelenskiy uni spirtli ichimliklar va narkotiklar ta’sirida yurishda ayblagan va tibbiy ko‘rikdan o‘tishga chaqirgan edi.

Poroshenkoning shtabi avvaliga bu chaqiriqqa norozilik bildirgandi. Ammo keyinchalik Poroshenko uni qabul qildi va har ikki nomzod tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun qon tahlili topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada prezidentlik saylovining birinchi turi 31 martda bo‘lib o‘tdi. Poroshenko va Zelenskiy ishtirokidagi ikkinchi tur esa 21 aprelda bo‘lib o‘tishi lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring