Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peskov: «Qoraqalpog‘istondagi voqea — O‘zbekistonning ichki ishi»

Peskov: «Qoraqalpog‘istondagi voqea — O‘zbekistonning ichki ishi»

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qoraqalpog‘istondagi voqealar haqidagi savolga javob berarkan, bu O‘zbekistonning ichki ishi ekanini aytgan.

«O‘zbekiston rahbariyatining faol harakatlari ortidan mavjud muammolar iziga tushib ketishiga shubha qilmaymiz. Qoraqalpog‘istondagi voqealar ittifoqdosh, do‘stona mamlakat va Rossiyaning juda muhim sherigi bo‘lgan O‘zbekistonning ichki ishidir», degan Peskov.

Eslatib o‘tamiz, Nukusdagi ommaviy tartibsizliklarda 18 kishi halok bo‘lgan, 500 dan ortiq gumondor ushlangan va ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring