Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAVda Putinning «sirli oilasi» haqida xabarlar paydo bo‘ldi, Peskov izoh berdi

OAVda Putinning «sirli oilasi» haqida xabarlar paydo bo‘ldi, Peskov izoh berdi

Foto: RIA «Novosti»

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning «sirli oilasi» haqida OAVda paydo bo‘lgan ma’lumotga izoh berdi.

Bu haqda Rossiyaning «Dojd» telekanali xabar bermoqda.

Peskov Rossiyaning «Proyekt» nashri tomonidan Putinning rafiqasi va qizi haqidagi surishtiruvni ahmoqlik deya atadi. 

«Hayronman, bu bo‘lmag‘ur gap. Bu (Putinning sirli rafiqasi haqidagi ma’lumot) jiddiy narsa emas, o‘ylab topilgan, qo‘shib chatilgan», - deydi Peskov.

Avvalroq ayrim OAVlarda sirli oila Sankt-Peterburgda istiqomat qilishi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Putin rafiqasi bilan 2013-yilda ajrashgan va hozirda rasman bo‘ydoq sanaladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring