Putin «Krokus»dagi terakt buyurtmachilarining asosiy maqsadini aytdi
«Krokus»dagi teraktga buyurtma berganlar Rossiya birligiga putur yetkazmoqchi bo‘lishdi, «boshqa maqsadlar ko‘rinmayapti», dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
«Moskvadagi qonli, dahshatli terrorchilik harakatiga buyurtma berganlarning asosiy maqsadi hamjihatligimizga putur yetkazish edi, deyishga barcha asoslarimiz bor. Boshqa maqsadlar ko‘rinmayapti» – ta’kidlagan u.
Avvalroq Putin o‘z chiqishida Ukrainani teraktga aloqadorlikda ayblagandi.
O‘z navbatida, Ukraina «Krokus Siti Xoll»da sodir bo‘lgan voqealarga Kiyevning aloqadorligini rad etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter