Peruning sobiq prezidenti AQShda qo‘lga olindi
Peruning sobiq prezidenti Alexandro Toledo Peru bosh prokuraturasining talabi bilan AQShda hibsga olindi.
«Bosh prokuratura shuni ma’lum qiladiki, sobiq prezident Alexandro Toledo Manrike bugun ertalab AQShda ekstraditsiya bo‘yicha talab yuzasidan hibsga olindi», — deyiladi prokuraturaning tvitterdagi xabarida.
Peru sudi Qo‘shma Shtatlardan boshpana topgan Toledoga nisbatan korrupsiyaga doir jinoyatlari uchun 18 oylik qamoq jazosini sirtdan belgilagandi. Sobiq prezident Braziliyaning «Odenbrecht» kompaniyasidan pora olishda ayblangan.
Kaliforniya (AQSh) politsiyasi Toledoni shu yil mart oyida ham hibsga olgandi. Ammo boshqa sabab bilan: u mast bo‘lgan va ertasi kuni qo‘yib yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter