Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya va nafaqa oluvchilar uchun interaktiv xizmatlar ishga tushirildi

Pensiya va nafaqa oluvchilar uchun interaktiv xizmatlar ishga tushirildi

Foto: «Xabar.uz»

YaIDXPda «Fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish» va «Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish» xizmatlari ko‘rsatila boshladi. Bu haqda «Norma» xabar berdi.

«Fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish» xizmati yordamida tegishli hujjat olish uchun buyurtmanoma rasmiylashtiriladi.

«Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish» xizmatidan foydalanib, tegishli nafaqa olish uchun ariza berish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa EKIHning ikki baravari miqdorida to‘lanadi. Ish haqiga tuman koeffitsiyentlari belgilangan joylarda nafaqa miqdori ushbu koeffitsiyentni hisobga olgan holda belgilanadi. Ishlamaydigan va ta’lim olmaydigan ota-onalarga nafaqa budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan, boshqalarga – ish yoki o‘qish joyida tayinlanadi va to‘lanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring