Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya ta’minoti haqidagi qonunga o‘zgarishlar kiritiladi

Pensiya ta’minoti haqidagi qonunga o‘zgarishlar kiritiladi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yil 1 fevral kuni Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalar dastlabki tarzda muhokama etildi.

Xususan «Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, Qonun bilan Mehnat, Fuqarolik va Soliq kodekslariga hamda «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Xususan, «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunda bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqtining hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yillik davrni ish stajiga qo‘shib hisoblash ko‘zda tutilayotgani (bu ilgari 3 yil edi) qayd etildi.

Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga ko‘ra, avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi vositasida elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilganda ijaraga berish shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi. Bunda elektron onlayn-auksion natijalariga ko‘ra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga egaligi to‘g‘risida qoida kiritilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring