Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«PAYNET»ning egasi o‘zgardi

«PAYNET»ning egasi o‘zgardi

«PAYNET» savdo belgisi joriy yil 1-apreldan e’tiboran brendning dastlabki asoschilaridan biri — tadbirkor Botir Orifjonov hammuassisligidagi «Instant Payment Solutions» MChJ tasarrufiga o‘tdi.

Ushbu o‘zgarish to‘g‘risida savdo belgisining yangi egasi tomonidan tijorat banklariga yuborilgan xatda ma’lum qilingan.

«Instant Payment Solutions» MChJ 2021-yil 27-dekabrda tashkil etilgan. Kompaniya ta’sischilari Botir Orifjonov (20%), Sardor Komilov (20%) hamda MBCI Mont Blanc Commodities & Investments AG (60%) kompaniyasi hisoblanadi. Korxona ustav kapitali 10 mln. so‘m. Shuningdek, korxona 2022-yil 12-fevralda Markaziy bankda «to‘lov tashkiloti» sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

«PAYNET» to‘lov tizimiga 2005-yilda Botir Orifjonov va uning sheriklari tomonidan asos solingandi. Keyinchalik, brend egasi hisoblangan «UzPaynet» MChJ «davlat tasarrufiga o‘tgan», 2014-yildan buyon esa to‘liq AT «Xalq banki» muassisligida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring