«Paxtakor» o‘z uyida BAA jamoasidan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi
Osiyo Chempionlar ligasi 1-turi doirasida «Paxtakor» Toshkentda ayanchli tarzda mag‘lub bo‘ldi.
«Bunyodkor» stadionida o‘tgan bahsda Maksim Shatskix shogirdlari BAA vitse-chempioni «Al-Ayn»ga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Mehmonlardan Kojo dublga erishgan bo‘lsa, Al-Baloushi yana bir golga mualliflik qildi – 3:0.
Toshkent jamoasi 2-turda Saudiya Arabistonida «Al-Fayha» mehmoni bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, OChL bahslarida ishtirok etayotgan to‘rt o‘zbek klubidan bittasi birinchi turda g‘alaba qozondi, bittasi durang o‘ynadi, ikkitasi esa yirik mag‘lubiyatga uchradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter