Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash bo‘yicha nizom tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, tadbirkorlar ekin maydoni, hosildorlik rejasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qilgan holda, bo‘lg‘usi ekindan kam hosil olish natijasida ko‘radigan zararini sug‘urtalash uchun sug‘urta tashkilotiga murojaat qiladi.
Banklar tomonidan paxta va boshoqli ekinlarni yetishtiruvchi tadbirkorlarga imtiyozli kredit berilganida mazkur sug‘urta shartnomasi talab qilinadi.
Sug‘urta shartnomasi tuzilganidan so‘ng 30 ish kunida tadbirkorlar sug‘urta mukofotini sug‘urta tashkilotiga o‘tkazishi kerak.
Sug‘urta hodisasi natijasida ekinlar zararlanishi yoki nobud bo‘lishi oqibatida hosilni olish imkoniyati kamaysa tadbirkor 10 ish kunida sug‘urta tashkilotiga xabar beradi.
Tegishli hujjatlar taqdim qilinganidan so‘ng sug‘urta tashkiloti 15 kunda sug‘urta tovoni to‘lash yoki to‘lamaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish haqida qaror chiqarilganda uning sabablari aniq keltirilishi shart.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter