Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pasxa orolining mashhur haykallari yong‘indan zarar ko‘rdi

Pasxa orolining mashhur haykallari yong‘indan zarar ko‘rdi

Pasxa orolida shu haftada sodir bo‘lgan tabiiy yong‘inlar oqibatida mashhur sirli tosh haykallar — moailarga ziyon yetdi.

Foto: RAPA NUI MUNICIPALITY

Haykallarning ayrimlariga tiklab bo‘lmas zarar yetgan, dedi oroli meri Pedro Edmunds. Taxminan 60 gektar maydondagi o‘t-o‘lanlar yonib ketgan.

Foto: RAPA NUI MUNICIPALITY

Hammadan ko‘p Rano Raraku vulqoni atrofidagi hudud ko‘p zarar ko‘rdi — qadimgi orolliklar haykallarni shu yerdagi toshlardan yasashgan. UNESCO bu joyni o‘zining butunjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritgandi.

Pasxa orolidagi tosh haykallar soni mingga yaqin. Bu haykallar 1400-yildan 1650-yilgacha bo‘lgan davrda mahalliy rapanui qabilasi tomonidan yasalgan.

Moailarning aksariyati 4 metrgacha balandlikda, eng kattasi 10 metr bo‘lib, 74 tonna tosh bosadi.

Ma’lumot uchun: Tinch okeanida joylashgan Pasxa oroli Chiliga qarashli (Chilidan 3500 km, eng yaqin boshqa oroldan salkam 2000 km olisda joylashgan). Yevropaliklar bu orolga birinchi marta XVIII asr boshlarida qadam qo‘yishgan. Orol maydoni 164 kvadrat kilometr bo‘lib, 8 mingga yaqin odam yashaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring