Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pastdarg‘om yo‘llarida o‘rdak boqiladimi?

Pastdarg‘om yo‘llarida o‘rdak boqiladimi?

Foto: Xabar.uz

Shu kunlarda Pastdarg‘om tumaniga yo‘lingiz tushib, katta yo‘ldan yursangiz, ikki yonga ekilgan manzarali daraxtlar, gullar, ko‘cha yoritish chiroqlarini ko‘rib, ajoyib manzara kasb etganini guvohi bo‘lasiz.

Lekin bu manzara, ekilgan gullar, hammasi ichki ko‘chalarga kirishingiz bilan illyuzion tassavvur ekani ma’lum bo‘ladi va hafsalangizni pir qiladi. Ayniqsa, tumanga kelish yo‘lining ichki ko‘chalarga tutash joylari shunday ustalik bilan asfalt qilinganki, oynadek deysiz, lekin afsus o‘sha ravon yo‘l 50 metr masofada tugab qoladiyu, keyin yana o‘sha o‘ydim-chuqurlar boshlanib ketadi. Bu borada pastdarg‘omlik yo‘lsozlarning «san’ati»ga qoyil qolmay iloji yo‘q. Umuman yo‘l bo‘ylab kelib-ketsangiz, Akira Kurosavaning o‘sha mashhur «Tushlar» filmidagi kabi go‘zal manzaraga guvoh bo‘lishingiz tayin. Lekin ichki yo‘llarchi?

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tumandagi «Katta Nayman» MFYda yashovchi fuqaro Sh.Hamidov tomonidan joylangan videoda ichki yo‘llarning ayanchli ahvoli tasvirga olingan.

– Yomg‘ir yog‘sa serqatnov yo‘limizda o‘rdak boqsa bo‘ladigan bo‘ladi, yozda esa chang-tuzon, ko‘cha chetidagi uylarning ichiga ham kirib ketadi. Bir necha yildan buyon murojaat qilamiz, keyingi yil dasturiga, keyingi yilga deb ortga surilib kelmoqda yo‘l ta’miri, – deyiladi videomurojaatda.

Yana bir etiborli jahati, murojaat egasi bu yil ham yo‘limiz ta’mirlanmasa kerak deb, o‘kinchli izoh qoldiradi.

Eng yomoni, mana bu ishonchsizlik o‘sha serqatnov yo‘ldan qatnovchi qanchadan qancha fuqarolarning qalbida tumandagi mutasaddilariga ishonchsizlik keltirib chiqarmaydimi? O‘ylaymizki, Pastdarg‘om tumani mutasaddilarining ham dastur va amallari, hukumatimiz tomonidan ilgari surilayotgan odamlarni rozi qilish tamoyillariga hamohang bo‘ladi va Mustaqiligimizning 30 yilligiga hudud aholisi qishda o‘rdak boqiladigan, yozda chang botgan yo‘ldan emas, ravon yo‘llardan qadam tashlaydi. Yo‘lsozlarning necha yillik va’dalari bajariladigan kun keldi. Zero, bu va’dalar ikki saylovdan keyin ham amalga oshmay qolsa, yaxshi bo‘lmas. Shunday ekan yaxshi xabarlar kutib qolamiz.

Shuhrat Normurodov, jurnalist

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring