Parkentda 3 ta sher hayvonot bog‘i qorovulining o‘limiga sabab bo‘ldi
Bugun, 17-dekabr kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan «Lion park» xususiy hayvonot bog‘ida bir qafasda saqlanayotgan 3 ta sher hayvoni qafasdan hayvonot bog‘i hovlisiga chiqib ketgan.
Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan paytda ushbu maskan ish faoliyatida bo‘lmagan va yopiq bo‘lgan. Hovliga chiqib ketgan sherlar shu yerda qorovul bo‘lib ishlovchi, 1980-yilda tug‘ilgan fuqaro (F.I.)ga tashlanib unga jarohat yetkazgan.
Natijada 44 yoshli fuqaro olgan tan jarohati sabab vafot etgan.
«Ko‘rilgan choralar natijasida sherlar maxsus qafasga qaytarilgan. Atrofdagi boshqa shaxslarga zarar yetmagan. Hozirda mahalliy aholi uchun xavf-xatar yo‘q», – deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan Parkent tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter