Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parij-2024: Yozgi olimpiadaning rasmiy ramzlari e’lon qilindi

Parij-2024: Yozgi olimpiadaning rasmiy ramzlari e’lon qilindi

Foto: Twitter/Paris2024

2024-yili Parij mezbonlik qiladigan Yozgi olimpiya o‘yinlarining rasmiy ramzlari tanlandi.

Fransiya Respublikasi ramzi sanalgan Frigiya (Frakiya) qalpoqlari ko‘rinishidagi bir juft o‘yinchoq Parijdagi yirik sport tadbirining ham ramzlariga aylandi. Ularga Frigi nomi berildi.

Paralimpiyachi Frigi sherigidan bittasi protes oyog‘i bilan farq qiladi.

Ushbu ramzlar Olimpiada tashkiliy qo‘mitasining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylashtirildi.

Fransiya poytaxtida Olimpiya o‘yinlari 2024-yilning 26-iyulidan 11-avgustida qadar bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring