Parij-2024. O‘zbekiston Misrga yengilib, guruhda qolib ketdi
Parijdagi Yozgi olimpiya o‘yinlarida bugun futbol musobaqalarining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
S guruhida O‘zbekiston Misrga qarshi to‘p surdi, 11-daqiqada kutilmagan joyda o‘tkazib yuborilgan to‘p yakunda vakillarimizga qimmatga tushdi.
Ikki o‘yin, ikki mag‘lubiyat bilan O‘zbekiston guruhdan chiqish imkoniyatini butunlay yo‘qotdi. So‘nggi turda Dominikan Respublikasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘yin ikki jamoa uchun ham amaliy ahamiyatini yo‘qotdi. Ispaniya 6 ochko, Misr 4 ochko to‘plagan, so‘nggi turda guruh g‘olibi aniqlanadi.
Parij-2024. 2-tur
O‘zbekiston — Misr 0:1
27-iyul. Nant, «Bojuar»
Gol: Ahmad Koka (11).
O‘zbekiston: Ne’matov, Hamraliyev, Alikulov, Husanov, Abdurahmatov, O‘runov (Jiyanov, 46), Jaloliddinov (Ibrohimov, 72), Fayzullayev, Holmatov (Rahmonaliyev, 64), Bo‘riyev (Norchayev, 72), Shomurodov.
Misr: Ala, Iyd, Abdulmajid, Fayed, Debes, El Nenni, Shehata (Otto, 64), Koka, Zizu (Saad, 65), Adil (Kamol, 90+2), Faysal (Mazhar, 87).
Ogohlantirishlar: Shehata (13), Rahmonaliyev (86), Mazhar (90+4).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter