Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paraosiyo o‘yinlarida yana bir sportchimiz jahon rekordini o‘rnatdi

Paraosiyo o‘yinlarida yana bir sportchimiz jahon rekordini o‘rnatdi

Fotima Omilova

Indoneziyada davom etayotgan Paraosiyo o‘yinlarining uchinchi kunida kompleks usulda suzishda 200 metrga ayollar o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Fotima Omilova 02:21.82 natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va jahon rekordini o‘rnatdi. 

Umuman olganda, bugun bellashuvlarda ishtirok etgan sportchilarimiz 10ta medal qo‘lga kiritishdi. Ularning 5tasi oltin, 4tasi kumush va 1tasi bronza medallaridir.

Bugun sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz ro‘yxati:

Oltin:

Elbek Sultonov (yengil atletika)

Doniyor Ahmedov (yengil atletika)

Nurbek Mirzayev (dzyudo)

Dmitriy Xorlin (suzish)

Fotima Omilova (suzish)

Kumush:

Feruz Saidov (dzyudo)

Nafisa Sheripbayeva (dzyudo)

Shohsanamxon Toshpo‘latova (suzish)

Firdavsbek Musabekov (suzish)

Bronza:

Parvina Samandarova (dzyudo)

Uchinchi kun yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi medallari soni 31taga yetdi. Vakillarimiz 18ta oltin, 9ta kumush va 4ta bronza medallariga ega chiqishgan. Medallar jamg‘arish bo‘yicha esa Xitoy va Janubiy Koreyadan so‘ng uchinchi o‘rinni egallab turibmiz.

Eslatib o‘tamiz, 8-oktyabr kuni erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Husniddin Norbekov jahon rekordini o‘rnatgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring