Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paraosiyo o‘yinlari: O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z rekordini yangiladi

Paraosiyo o‘yinlari: O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z rekordini yangiladi

Kecha, 20-oktyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan IV Para Osiyo o‘yinlarida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkent Xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi 25 ta oltin, 24 ta kumush va 30 bronza, jami 79 ta medal qo‘lga kiritib, medallar soni bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani yangiladi.

Umumjamoa hisobida O‘zbekiston 8-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Xitoy, Eron va Yaponiya eng yaxshi natijalarni qayd etdi.

Musobaqalarni qo‘shni davlatlardan – Qozog‘iston 11-o‘rinda va Qirg‘iziston 23-o‘rinda yakunladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring