Para kanoye bo‘yicha O‘zbekiston Osiyoda tengsiz deb topildi
![Para kanoye bo‘yicha O‘zbekiston Osiyoda tengsiz deb topildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/0/720_460_95_1007483289.jpg)
Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan yozgi Para Osiyo o‘yinlarida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirishmoqda.
Bugun, 24 oktyabr kuni para kanoye musobaqalari o‘z nihoyasiga yetdi va yakuniy natijalar e’lon qilindi. Quvonarlisi, mazkur musobaqada ishtirok etgan 6 nafar sportchimiz g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 6 ta oltin medalni delegatsiyamizga taqdim etishdi.
Mazkur natija Xitoy hamda Eron mamlakatlarini ortda qoldirib, Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni egallashga zamin yaratdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter