Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiya «Bir million dasturchi» loyihasi qay darajada muhim ekanini ko‘rsatib qo‘ydi — BAA vaziri

Pandemiya «Bir million dasturchi» loyihasi qay darajada muhim ekanini ko‘rsatib qo‘ydi — BAA vaziri

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan internet texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash va maktablarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha videoselektorda BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulla Gargaviy ham ishtirok etdi.

— «Bir million dasturchi» loyihasini samarali amalga oshirishda, Birlashgan Arab Amirliklari ishtiroki katta ahamiyat kasb etib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning yana bir yorqin ifodasiga aylandi. Fursatdan foydalanib, zamonaviy Ay-Ti, qayta tiklanuvchi energiya manbalari kabi eng ilg‘or yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotgan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumatiga tashakkur izhor qilaman, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘z navbatida BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Prezident Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqiga BAA rahbariyatining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazishdan mamnun ekanliigini bildirdi. Vazir mamlakatlarimiz o‘rtasida 2019 yil aprel oyidan yangi pallaga kirgan ko‘p tomonlama hamkorlik va sheriklik munosabatlari bugun meva berayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Muhammad bin Abdulla Gargaviy ayniqsa «Bir million dasturchi» tashabbusiga e’tibor qaratdi va bu loyiha ko‘p sonli yoshlarni o‘ziga jalb qilayotgani, ularga motivatsiya bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.

— COVID-19 pandemiyasi tufayli butun dunyoda ro‘y bergan global o‘zgarishlar «Bir million dasturchi» loyihasi qay darajada muhim ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Sizning tashabbusingiz bilan boshlangan ushbu loyiha to‘lig‘icha kelajakka yo‘naltirilgandir, — deya ta’kidlab o‘tdi vazir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring