Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paketchali choy sog‘liq uchun xavflimi?

Paketchali choy sog‘liq uchun xavflimi?

Foto: «Acrb.yamalzdrav.ru»

Kanadalik olimlar paketchali choyda polimer mikro zarralarini aniqlashdi. Har yili dunyo okeaniga bunday zarralar juda ko‘plab oqizib turiladi. Bu haqda «Rambler» xabar bergan.

Tadqiqot natijalari «Environmental Science & Technology» jurnalida chop etildi.

Mutaxassislarning aniqlashicha, paketchali choy damlanganda qariyb 11 milliard plastik mikro zarralar va yana 3 milliard polimer nano zarralar qaynoq suvga tushadi. Bu darajadagi ko‘p plastik hatto suv quyilgan plastik idishlarda ham aniqlangan.

Hozircha olimlar mikroplastikning odam salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini oydinlashtirganicha yo‘q. Biroq qisqichbaqalar ozuqaviy muhitida nano zarralarning bo‘lishi ushbu mavjudotlar rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring