«O‘zyo‘linspeksiya»ning mas’ul xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Andijon viloyatining Xonobod shahridagi 4H-1071 «Xonobod-Turkobod» avtomobil yo‘lining 0-7 km qismida yotqizilgan asfaltbeton qatlamlaridan olingan 73 ta namunalarning qalinligi loyiha va me’yoriy hujjatlar talablariga mos emasligi, qoplama qalinligi kam ekanligi aniqlandi.
Bosh pudratchi tomonidan yo‘l qoplamasining qatlamlar qalinligi me’yordan kam yotqizilganligi oqibatida jami 86 728 dollar miqdoridagi ish hajmi qo‘shib yozilganligi ma’lum bo‘ldi. Tekshirish davomida esa ushbu qo‘shib yozilgan ish hajmlari to‘liq bartaraf etilgan.
«O‘zyo‘linspeksiya»ning Yo‘l-qurilish materiallari sifatini nazorat qilish va yo‘l sinov laboratoriya boshqarmasi mas’ul xodimlari yotqizilgan asfaltbeton qatlamining qalinligi loyiha va me’yoriy hujjatlar talablariga mos bo‘lmasada, 2021-yilda ijobiy xulosa berib, davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazishgan.
Holat yuzasidan «O‘zyo‘linspeksiya»ning mas’ul xodimlari va boshqalarning harakatlarida hokimiyat va mansab vakolatini suiiste’mol qilish hamda mansab soxtakorligida ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligini inobatga olib, Transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 205 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter