Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘ztransgaz» boshqarma boshlig‘i: «20 xo‘jalik yashaydigan qishloqqa tabiiy gazning nima keragi bor?»

«O‘ztransgaz» boshqarma boshlig‘i: «20 xo‘jalik yashaydigan qishloqqa tabiiy gazning nima keragi bor?»

Foto: «O‘ztransgaz» Matbuot xizmati

Avvalroq xabar berganimizdek, bugun Milliy matbuot markazida «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida «Aholiga muntazam va uzluksiz gaz mahsulotlarini yetkazib berish borasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda jamiyat boshqarma boshlig‘i aholi kam yashaydigan hududlarga tabiiy gaz yetkazib berish o‘zini oqlamasligini ta’kidladi.

«Sovet ittifoqi davrida gaz ta’minoti mutlaqo noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. Buni hududlarga chiqqan paytlarimiz ko‘p kuzatyapmiz — 20 xonadon istiqomat qiladigan qishloqlarga ham gaz quvurlari o‘tkazilgan. Buning nima keragi bor? Axir gazni u yerga yetkazib berish uchun ketgan xarajat 10 yilda ham o‘zini oqlamaydi-ku!», — dedi A.Eshonqulov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring