«O‘zsuvta’minot»ning injiniring kompaniyalari viloyat hokimliklari tasarrufiga o‘tkaziladi
Shavkat Mirziyov raisligidagi yig‘ilishda viloyat hokimlari «O‘zsuvta’minot» bilan birga joriy yilning o‘zida markazlashgan ichimlik suvi ta’minotini 75 foizga yetkazishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
«Har bir viloyat o‘zini rejalarini o‘n kunda qayta ko‘rib chiqib, ularni oshirish bo‘yicha taklifni berishi zarur», — dedi Prezident.
Bu ishlarni jadallashtirish uchun suv ta’minoti loyihalari bo‘yicha joylardagi «O‘zsuvta’minot»ning injiniring kompaniyalari viloyat hokimliklari tasarrufiga o‘tkaziladi. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, pudratchilarni aniqlash va moliyalashtirishni ochish viloyatning o‘zida bo‘ladi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va «O‘zsuvta’minot» loyihalarga texnik talablarni belgilaydi va ularni ekspertizadan o‘tkazadi, ishlarni qabul qilib, ekspluatatsiyaga mas’ul va javobgar bo‘ladi.
Mutasaddilarga ushbu yangi tizimni amaliyotga joriy qilish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter