Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eskirgan tizim sabab ichimlik suvining chorak qismi isrof bo‘lyapti

Eskirgan tizim sabab ichimlik suvining chorak qismi isrof bo‘lyapti

O‘zbekistonda ta’mirtalab tizimlarda vujudga kelayotgan avariyalar natijasida ichimlik suvining 25,7 foizi yo‘qotilyapti.

«O‘zsuvta’minot» AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda ichimlik suvini ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga yetkazib berilishidagi  asosiy muammo bu  10 942 ta suv inshootlarining 2 318 tasi ya’ni 21,2 foizi, 89 ming km markaziy va ichki tarmoqlarning 23,6 ming km yoki 26,5 foizi ta’mirtalab holatga kelib qolganidadir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2030-yilga kelib markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasini 90 foizga yetkazish maqsadida 2023-2030-yillarda respublika bo‘yicha 50 ming kilometrdan ortiq ichimlik suvi tarmoqlari hamda 2 000 ta inshootlar qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgani aytilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring