«Ozodlik» radiosi bosh muharriri O‘zbekistonga nega kelganini aytdi
Kecha, 28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga «Ozodlik» radiosi xalqaro notijorat tashkilotining bosh muharriri hamda vitsa-prezidenti Ninad Pejich tashrif buyurdi. Uni vazirlikning jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Qutbidin Burxonov qabul qildi.
Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan insonparvarlik siyosati, profilaktika inspektorlariga yaratilayotgan imkoniyatlar, «Xavfsiz turizm» dasturi va boshqa qator masalalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
«Ozodlik» bosh muharriri Ninad Pejich vazirlik rahbariyatiga o‘zini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olgani uchun minnatdorchilik bildirgan. U tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsadi — so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi ijobiy o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, qator masalalarni hamkorlikda hal etish uchun kelganini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter