Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozodbek Nazarbekov «Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti» unvoni bilan taqdirlandi

Ozodbek Nazarbekov «Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti» unvoni bilan taqdirlandi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bugun, 13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni qabul qildi.

Sadir Japarov mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish va do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Ozodbek Nazarbekovni Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti» unvoni bilan taqdirladi va unvon bilan o‘zbekistonlik san’atkorni tabrikladi.

– Ijodiy yo‘lingiz ko‘pchilikni ilhomlantiradi. 15 dekabr kuni To‘qto‘g‘ul Satilganov nomidagi Qirg‘iziston milliy filarmoniyasida bo‘lib o‘tadigan sizlar ishtirokidagi musiqiy kecha umumiy madaniy hamjihatligimizning yana bir yorqin namunasi bo‘ladi, – dedi Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, o‘z navbatida, uning faoliyatiga berilgan sharaf va yuksak baho uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring