Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zMU xalqaro miqyosdagi «yashil oliygohlar» reytingidan o‘rin oldi

O‘zMU xalqaro miqyosdagi «yashil oliygohlar» reytingidan o‘rin oldi

Foto:«Xabar.uz»

Dunyo olimlarining ta’kidlashlaricha, XX asrning 60-yillaridan buyon atrof-muhit muhofazasi yer yuzining barcha mamlakatlari uchun dolzarb muammoga aylandi.

Mavjud masalaning yechimlaridan biri suv va elektr manbai zahiralaridan unumli foydalanish usullari, bundan tashqari chiqindilar muammosiga bee’tibor bo‘lmaslik kabi masalalar yechimi uchun dunyodagi oliy o‘quv dargohlari tomonidan taklif etilayotgan g‘oyalar ayni muddaodir. Bu borada muvaffaqiyat qozongan ta’lim dargohlarining yutuqlari Indoneziya universitetining 2010-yildagi tashabbusiga ko‘ra dunyo universitetlarning xalqaro Green Metric reytingi tarkibiga kiritilishi bilan baholanadi. Joriy yilning 3-dekabrida esa «yashil» oliy ta’lim dargohlarining navbatdagi ro‘yxati e’lon qilindi.

O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbekistondan yagona vakil sifatida 2019-yil uchun Green Metric ro‘yxatidan 85 ta dunyo mamlakatlaridagi 780 ta universitetlar ichida 374-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lib, dunyo hamjamiyatiga «ekologik soflik» infrastrukturasi rivojiga hissa qo‘shayotganlarini namoyon etishdi. Oliy ta’lim maskani hududida transportlar harakatlanishini me’yorga solish, piyodalar harakatini oshirishni tashkil etish bo‘yicha Transportation talablariga amal qilish jihatdan O‘zMU dunyoda 38-o‘rinda turadi.

O‘zbekistonning ilk bor shu kabi reytingda ishtirok etayotganini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir. Oliy o‘quv yurtlariga «ekologik sof» deb baho berilishida ta’lim dargohlarining elektr manbai va suvni unumli sarflashi, chiqindilarni qayta ishlashdagi, jumladan, mobillik va ta’lim infrastrukturasi jabhalaridagi faolligi inobatga olinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring