Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zMU qoshidagi litseyga imtiyozli kirish imkonini beruvchi olimpiadaga start berildi

O‘zMU qoshidagi litseyga imtiyozli kirish imkonini beruvchi olimpiadaga start berildi

Foto: «Utro.news»

Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi akademik S.Sirojiddinov nomli akademik litseyda O‘zbekiston Milliy universiteti tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk marotaba o‘tkazilayotgan «Respublika universitet olimpiadasi» boshlandi.

Olimpiadada kuchli bilimga ega ishtirokchi o‘quvchilar quyidagi 4 yo‘nalish bo‘yicha bellashmoqda:

  • Aniq iqtisod yo‘nalishi;
  • Aniq fanlar yo‘nalishi;
  • Tabiiy fanlar yo‘nalishi;
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishi.

E’tiborlisi shundaki, mazkur olimpiadada g‘olib bo‘lgan bilimdon o‘quvchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanib,  O‘zMU qoshidagi akademik S.Sirojiddinov nomli akademik litseyga imtiyozli ravishda qabul qilinadi.

Ishtirokchi o‘quvchilarning qiziqishlarini yanada orttirish va a’lo kayfiyatda boshlashlari uchun akademiklar A.Sa’dullayev va A.A’zamov o‘z samimiy tilaklarini bildirib, barchaga omad tiladi, akademik litsey direktori Q.Ibodullayev ishtirokchilarga olimpiada shartlari bilan tanishtirdi.

Tanlov jarayoni yakuniga yetgach, ota-onalar va ishtirokchi o‘quvchilar uchun «Mahorat darslari» akademik litsey o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladi. «Respublika universitet olimpiadasi»ga tashrif buyurgan mehmonlar va ota-onalar uchun «Sen mo‘’tabarsan, mo‘’tabar ayol» mavzusida bayram tadbiri o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring