Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zMTRK raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

O‘zMTRK raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Foto: «Nuz.uz»

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining kadrlar va rejim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abdusalom Shodmonov bundan bir necha kun ilgari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.

Aytishlaricha, bunga kompaniya tizimida mazkur shtatning qisqartirilishi sabab bo‘lgan. Kompaniya rasmiy saytida bu haqda ma’lumot berilmagan, ammo rais o‘rinbosarlari ro‘yxatida nafaqat A. Shodmonov, balki uning lavozim va shtati ham keltirilmagan.

O‘zMTRK rasmiy saytidan skrinshot

Bugungi kunda kompaniya raisi vazifasini bajaruvchi Alisher Xodjayev, ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosar Xayrulla Nuritdinov, iqtisodiy masalalar bo‘yicha Sardor Mirzakarimov va texnik masalalar bo‘yicha Nusratulla Hikmatullayev o‘rinbosar sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring