O‘zmilliybank meva-sabzovotchilik agroklasterlarini rivojlantirishga imtiyozli kredit beradi
![O‘zmilliybank meva-sabzovotchilik agroklasterlarini rivojlantirishga imtiyozli kredit beradi](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1373400105.jpg)
Qishloq xo‘jaligida meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash hajmini ko‘paytirish hamda eksport salohiyatini oshirish uchun O‘zmilliybank meva-sabzavotchilik agroklasterlariga yanada qulay shartlarda kreditlar taqdim etishni boshladi.
Kredit maqsadi:
Meva – sabzavotchilik agroklasterlarini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash.
Kredit muddati – ochiq liniyali, revolver usulda kredit summasini har 6 oyda to‘liq qaytarish sharti bilan 18 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
Foiz stavkasi - yillik 22 foiz. Bunda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining 7% miqdordagi kompensatsiyasidan foydalanilganida, kreditning foiz stavkasi qarz oluvchiga yillik 15% ga aylanadi.
Kredit miqdori:
Meva-sabzavot klasterining ishlab chiqarish quvvatlari, kredit mablag‘larini so‘ndirishning aniq hisob-kitoblari hamda klaster tomonidan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter