Yaqin kunlardagi ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Respublika Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Ertaga salqin va nam havo massalarining kirib kelishi sharq tomonga qarab harakatlanadi.
O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida faqat kechasi va ertalab momaqaldiroqli yomg‘irlar saqlanib turadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzgi havo harorati 20-25 darajagacha pasayadi.
Yakshanba kuni respublikamizda yog‘ingarchilik kutilmaydi., faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15 darajani, kunduzi 20-25 darajani tashkil etadi, shimolda kechasi 0-5 daraja iliqgacha, kunduzi 7-12 daraja iliqgacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida yesa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, dam olish kunlari ba’zi joylarda qorga aylanadi.
Dam olish kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtimizda shanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Yakshanba kuni kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘adi.
Shamol shimoli-sharqiy yo‘nalishda 5-10 m/s tezlikda esadi. Dam olish kunlari harorat kechalari 11-13 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari 21-23 daraja atrofida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter