«O‘zgidromet» yaqin kunlar uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Ushbu haftada O‘zbekiston hududi bo‘yicha iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
4 yanvar kuni +12…+15 darajagacha biroz ko‘tariladi. Kechalari termometr ustuni 0 daraja atrofida bo‘ladi.
Payshanba kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi, kunduzi va kechqurun ayrim joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5 yanvar, juma kuni O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +10…+15 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 5 yanvarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat chorshanba kunduzi +10…+12 daraja, 4 yanvarda kechasi 0…+2 daraja bo‘ladi. Kunduzi havo +13…+15 darajagacha isiydi, 5 yanvarda kechasi +2…+4 daraja bo‘ladi, kunduzi +11…+13 darajagacha biroz pasayadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter