«O‘zgidromet» ushbu haftaga ob-havo prognozini taqdim qildi
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab ob-havoni sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi.
Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lum qilishicha, 4 oktyabrdan 7 oktyabrgacha bo‘lgan keyingi kunlarda ob-havoni antitsiklonning janubi-g‘arbiy periferiyasi belgilaydi.
5 oktyabrda antitsiklon periferiyasining kuchayishi hisobiga janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati kechalari 8-13 daraja, kunduzi 4-6 oktyabrda 21-26 daraja, 7 oktyabrda 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter