Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» ushbu haftada qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» ushbu haftada qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 10-14-oktyabrga ob-havo prognozi taqdim qilindi.

Qayd etilishicha, bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoni antitsiklon periferiyasi belgilaydi. Respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkun. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 23-25° dan oshmaydi.

Keyingi kunlarda, ish haftasining oxirigacha antitsiklon periferiyasi kuchsizlanishi kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha qulay, quruq va iliq ob-havo sharoiti bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari havo 7-10 daraja atrofida salqin bo‘ladi, kunduz kunlari esa 25-28 darajagacha asta-sekin isiydi, bu o‘rtacha iqlimiy me’yorlardan biroz yuqoridir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring