Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet»: ushbu hafta havo biroz salqinroq bo‘lishi mumkin

«O‘zgidromet»: ushbu hafta havo biroz salqinroq bo‘lishi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

15-iyun kuni O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo saqlanib turdi. Kunduzgi harorat 34-39 daraja atrofida bo‘ldi, shimolda, janubda va cho‘l zonasida 40-42 darajagacha isidi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4-7 darajaga yuqoridir.

Bugundan mamlakatimiz hududiga Volgabo‘yi rayonlaridan salqin havo oqimi kira boshlaydi. Bu havo oqimi butun ish haftasi davomidagi ob-havoni belgilaydi. Respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat 16-17-iyunda tog‘li hududlarda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

16-17-iyunda respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, shiddat bilan esganda sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin.

16-iyunda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 30-35 darajagacha pasayadi. Respublikaning qolgan hududlarida issiq ob-havo saqlanib turadi, kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja, janubda va cho‘l zonasida 40-42 darajagacha issiq bo‘ladi.

17-19-iyunda salqin havo butun respublika hududiga tarqaladi, harorat qulay ko‘rsatkichlargacha pasayadi, kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja atrofida bo‘ladi, bunday harorat me’yorga yaqindir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring