Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zgidromet: Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutiladi

O‘zgidromet: Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutiladi

Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10 daraja iliq, shimolda 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring