Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» oktyabr oyidagi ehtimoliy ob-havoni e’lon qildi

«O‘zgidromet» oktyabr oyidagi ehtimoliy ob-havoni e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» kelayotgan oktyabr oyi uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bu yil oktyabr oyining birinchi besh kunligi quruq va biroz iliq ob-havo bilan boshlanadi, kunduz kunlari quyosh nurlari havoni 22-25° gacha isitadi. Faqat kechasi va ertalab havo harorati 10-13° gacha ancha salqin bo‘ladi. Keyinchalik oyning birinchi o‘n kunligi oxirigacha ob-havo sharoitida keskin o‘zgarishlar kutilmaydi.

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda hududning katta qismida harorat kechalari 8-13° iliqdan 0-5° iliqgacha, kunduz kunlari 18-23° iliqdan 10-15° iliqgacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab ba’zi joylarda 0-1° sovuqgacha bo‘lishi mumkin. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Umuman, harorat tartibiga ko‘ra, oktyabr oyi me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5° ga kam, yog‘ingarchilik me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda.

Iqlimiy me’yorlarga ko‘ra, O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida yog‘ingarchilik oktyabr oyida 3 kundan 5 kungacha, qolgan hududlarda yesa 5 kundan 7 kungacha bo‘lishi mumkin. Oktyabr oyida yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, ammo havoga keskin sovuq kuzatilishida yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi istisno qilinmaydi.

Tungi havo haroratining o‘rtacha yillik qiymati 6-11° ni tashkil etadi, lekin ko‘pincha oktyabrda, ayniqsa oyning ikkinchi yarmida birinchi kuzgi sovuqlar kuzatiladi.

Oktyabr oyida kunduzgi harorat odatda 23-28° iliqdan 10-15° iliqgacha o‘zgarib turadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring