Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» ob-havo bo‘yicha muhim axborot e’lon qildi

«O‘zgidromet» ob-havo bo‘yicha muhim axborot e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

24-26-fevral kunlari A-373 «Toshkent – O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman tushishi kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi hamda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, shuningdek, yo‘llarda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi. 

Bundan tashqari, 21-28-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Xususan:

Qashqadaryo viloyati: Kitob va Shahrisabz tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo va Boysun tumanlarida;
Samarqand viloyati: Samarqand va Urgut tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin va Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining Chimyon tog‘larida;
Namangan viloyati: Pop tumanida;
Farg‘ona viloyati: So‘x va Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilindi.

Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring