«O‘zgidromet» kuchli yomg‘ir va shamoldan ogohlantirdi
«O‘zgidromet» axborot xabariga ko‘ra, 5-7-mayda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi.
5-7 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 5-6-mayda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin.
5-6-mayda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 5-mayda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-7-may kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter