Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» ko‘pchilik orziqib kutayotgan xabarni e’lon qildi

«O‘zgidromet» ko‘pchilik orziqib kutayotgan xabarni e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Uzoq muddatli quruq ob-havodan so‘ng, bugun O‘zbekistonning janubi-g‘arbiy hududlariga Turkmaniston ustida shakllangan yuqori siklon bilan bog‘lik bilan nam havo massasi tarqala boshlaydi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Kunduzgi havo harorati 25-30° atrofida, yomg‘ir paytida 20-25° bo‘ladi.

19-20-aprel kunlari O‘zbekistonning barcha hududlariga siklon ta’siri tarqaladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Havo harorati asta-sekin pasayadi va 20 aprelda 28-23° ni tashkil etadi.

18 va 19 aprelda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.

Ish haftasining ikkinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari biroz salqin bo‘ladi, 22 aprelga kelib kunduz kuni harorat yana 25-28° gacha ko‘tariladi.

18-21 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring