«O‘zgidromet» yaqin kunlarda ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi
«O‘zgidromet» 21-24-iyul kunlari uchun ishlab chiqarilgan ob-havo prognozini taqdim etdi.
Ertadan boshlab shanba kuniga qadar respublikaning 5 ta viloyati va Qoraqalpog‘iston respublikasida harorat maksimumlari +47 darajagacha yuqorilaydi.
Yuqori issiqlik harorat to‘lqini kechalari ham dim va issiq havoni taqdim etadi.
Markaziy viloyatlar (Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax)da 21 iyulda shamol ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchaydi, changli-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 40-45° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchaydi, changli-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat 24-29°, kunduzi 40-45°, ba’zi joylarda 47° gacha bo‘ladi.
Vodiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchaydi, changli-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter