«O‘zgidromet» harorat biroz pasayishini ma’lum qildi
O‘zbekiston bo‘yicha 1-5 may kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.
Ish haftasi davomida Qozog‘iston hududlaridan O‘zbekistonga nisbatan kuchsiz salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga harorat biroz pasayadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 4 may kuni respublikaning shimoliy hududlari bo‘yicha biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Seshanba va chorshanba kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, payshanba va juma kunlari esa respublika bo‘yicha shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda va cho‘l hududlarda 4 va 5 may kunlari 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Hafta davomida harorat barqaror bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat 25-30 daraja atrofida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter