«O‘zgidromet»: hafta o‘rtasidan respublika bo‘yicha ob-havo o‘zgaradi

Gidrometeorologiya xizmati haftalik ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoni antitsiklon pereferiyasi belgilaydi. Respublika bo‘yicha biroz yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor. Havo harorati 2-7 daraja iliqni tashkil etadi.
Ertaga respublika hududiga Kavkaz hududilaridan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, shimolda va tog‘li hududlarda qor yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq.
Havo harorati kechasi 2-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
9 fevralda O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik hududlarning katta qismi bo‘ladi, faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi kuchsiz sovuqlar saqlanib turadi, kunduzi esa havo harorati 7-10 daraja iliqgacha asta-sekin ko‘tarila boshlaydi.
Hafta o‘rtasidan respublika bo‘yicha ob-havo o‘zgaradi, hududlarga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib keladi. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi va havo haroratining me’yoriy qiymatlaridan yuqori bo‘ladi, haftaning oxiriga kelib, kunduzgi havo harorati 12-15 daraja iliqgacha, janubda 18-20 daraja iliqgacha isiydi.
Haftaning katta qismida kechasi va ertalab tuman kuzatiladi.
7-8 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter