Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» fevral so‘nggidagi ob-havo ma’lumotini taqdim etdi

«O‘zgidromet» fevral so‘nggidagi ob-havo ma’lumotini taqdim etdi

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha bahoriy iliq, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Kunduz kuni harorat 18-21° iliqgacha ko‘tariladi, ushbu kun me’yoridan 7-9° ga yuqoridir.

Ertadan ish haftasining oxirigacha Kavkazdan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda, bunda respublikaning ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati asosan kechalari 4-9° iliq, kunduz kunlari 13-18° iliq bo‘lishi kutilmoqda, bu iqlimiy me’yordan yuqoridir.

Poytaxtimizda hafta davomida quruq va iliq ob-havo kutilmoqda, faqat 25-fevral, juma kuni biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.

Hafta davomida respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring