Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» dovondagi holat bo‘yicha ma’lumot berdi

«O‘zgidromet» dovondagi holat bo‘yicha ma’lumot berdi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy 11-13-mart kunlari A-373 avtoyo‘lining «Qamchiq» dovoni qismida ob-havo sharoitlarining keskin yomonlashuvi haqida ogohlantirgan edi.

Qayd etilishicha, 11–12-mart «Qamchiq» dovonida kuchli yog‘inlar qor, yomg‘ir aralash qor 41 mm hajmida kuzatildi, meteorologik maydonchada qor balandligi 54 sm, tog‘ yonbag‘irlaridagi qor balandligi 180 sm.gacha aniqlangan.

«O‘zgidromet» mutaxassislari tomonidan kutilayotgan ob-havo sharoitlari (havo harorati, yog‘inlar va h.k.), qor qoplami tarkibi, tog‘ yonbag‘irlaridagi qor balandligi tahlil qilinib, 12-mart soat 12:00 dan qor ko‘chki xavfi e’lon qilindi. Dovonda soat 12:00 dan avtomobil harakati mutloq cheklandi.

«O‘zgidromet» prognozi to‘g‘ri chiqib, dovon hududida 5 ta qor ko‘chkisi kuzatildi. Eng katta qor ko‘chkisining hajmi 400 min m3 tashkil etgan.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

Avvalroq «Qamchiq» dovonida qor va tosh-tuproq ko‘chkisi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring