«O‘zgidromet» dam olish kunlariga ob-havo ma’lumotini e’lon qildi
27-29 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 27 sentyabrda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 29 sentyabrda kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechalari 7-12 daraja, kunduz kunlari 27 sentyabrda 20-25 daraja, 28 sentyabrda 22-27 daraja, 29 sentyabrda 24-29 daraja bo‘ladi.
Poytaxtimizda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 9-12 daraja, kunduz kunlari 27 sentyabrda 23-25 daraja, 28-29 sentyabrda 25-28 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter