Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» dam olish kunlariga ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«O‘zgidromet» dam olish kunlariga ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun Kavkaz hududlaridan antitsiklon respublikaning eng shimoliga kirib kela boshlaydi, bu bilan Qoraqalpog‘istonda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shanba kuni antitsiklon respublika hududlariga tarqala boshlaydi.

Kunduz kuni harorat foni biroz ko‘tariladi va +24+27 atrofida bo‘ladi, bu ushbu kunning me’yoriy qiymatlaridan ko‘pdir. Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sovuq antitsiklon ta’sirida havo harorati kechasi +5+8 iliqgacha, kunduzi +20+24 gacha pasayadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring